Unda Samarqand viloyatining tuman va shaharlarida suv taʼminoti, oqova suvlar va isitish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv xoʻjaligi tizimini boshqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Muloqot chogʻida, xorijiy hamkorlar viloyatning barcha hududlarida suv sohasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, tizim samaradorligini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida boshqaruvni yoʻlga qoʻyish va zarur investitsiyalarni jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida “Bell Group” va “Veolia” kompaniyalari tomonidan yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar konsepsiyasini taqdim etish, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan esa ushbu takliflarni oʻrganish va oʻz xulosasini bildirish hamda kelgusida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni tayyorlash boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.