2024-yilning 26-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Oʻmon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston va Oʻmon boy tarixiy va madaniy meros bilan bogʻlanganligi, farovon taraqqiyot yoʻlida mushtarak qarashlarga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Oʻmon tashqi ishlar vazirliklari kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikni yanada boyitish yoʻlida ustuvor yoʻnalishlarni, jumladan, savdo va iqtisodiyot, “yashil” energetika, oʻzaro bogʻliqlik, kadrlar salohiyatini oshirish, xalq diplomatiyasini ilgari surish masalalari hamda mintaqaviy va global kun tartibi muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisidagi shartnoma ham imzolandi.