“Dunyo“ AAning xabar berishicha, onlayn uchrashuvda tomonlar fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
ID-kartalardan foydalanish Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib oʻtish imkonini beradi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi.
Shuningdek, mazkur qarorning qabul qilinishi Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.