Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, hududiy yaxlitligini tiklash, barqaror taraqqiyotini taʼminlash va xalqaro nufuzini yuksaltirishdagi tarixiy rolini alohida taʼkidladi.
Prezidentlar oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar.
Joriy Ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirish yilida birgalikda qilingan ishlar samarali boʻlgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi yuqori surʼatda oʻsib bormoqda, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari faol bosqichda. Madaniy-gumanitar almashinuvning tadbirlarga boy dasturi amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.