Joriy yil fevral oyida Pokiston Bosh vazirining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Vazirliklar, idoralar va tarmoqlar darajasidagi muloqotlar faollashgani va almashinuvlar samarali tus olgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mart oyida Islomobod shahrida O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Aprel oyidan Lahorga qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shma loyihalarning ijrosini ko‘rib chiqish va ularni jadallashtirish choralarini ko‘rish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yilda o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.