Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Qirgʻizistonda boʻlib turibdi.
Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning oʻzbek-qirgʻiz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha hukumat delegatsiyalari tomonidan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalari qoʻshma yigʻilishi bayonnomasi imzolandi, deya xabar beradi Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.
Ushbu bayonnoma Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasining ayrim uchastkalari toʻgʻrisidagi yangi shartnoma loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi.
Hujjatni Oʻzbekiston tomonidan Bosh vazir Abdulla Aripov, Qirgʻiziston tomonidan – Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi, Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Qamchibek Tashiyev imzoladi.