Qarorga koʻra, 2006-yil 3-oktyabrdagi Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Bayonnoma 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.








