Ushbu oʻzgarishlar doirasida quyidagi tartib joriy etilgan:
- Oxirgi 14 kun Qirgʻizistonda boʻlib turgan yoki soʻnggi 72 soat davomidagi koronavirus infektsiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari toʻgʻrisida maʻlumotnomasi mavjud boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi.
- Qirgʻizistonga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan soʻng karantin nazoratiga olinmaydi. Qolgan barcha vaziyatlarda Oʻzbekistonga kirib keluvchi shaxslar oʻrnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.