Tomonlar yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan qoʻshma qarorlar va kelishuvlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
Olingan majburiyatlarni bajarish va qoʻshma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida siyosiy, chegara, suv xoʻjaligi, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Oliy, yuqori va mintaqalararo darajalarda boʻlib oʻtadigan tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.