Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabariga koʻra, muloqotda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha yaqin hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov mamlakatda yangi tashkil etilgan agentlik faoliyati, bugungi kundagi dolzarb vazifalar, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot bergan.

Qozogʻiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Alik Shpekbayev Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda ushbu yoʻnalishdagi islohotlar, shu jumladan, yangi tuzilma tashkil etilganini alohida eʼtirof etgan.

Muloqot yakunlariga koʻra, ikki davlat agentliklari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash va uning doirasida qator yoʻnalishlar boʻyicha tajriba almashishga kelishib olingan.