Jumladan:

— Toshkent hamda Turkiston viloyatlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”;

— Jizzax hamda Turkiston viloyatlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”;

— Navoiy hamda Qiziloʻrda viloyatlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”;

— Oʻzbekiston va Qozogʻiston Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish kiritish haqidagi bayonnoma;

— Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi va Qozogʻiston davlat xizmati ishlari agentligi oʻrtasida anglashuv memorandumi;

— Oʻzbekiston va Qozogʻiston Hukumati oʻrtasida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim hamda Oʻrmon xoʻjaligi sohasida anglashuv memorandumi;

— Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi strategik islohotlar agentligi hamda Qozogʻiston strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha memorandum;

— Oʻzbekiston va Qozogʻiston Hukumati oʻrtasida Oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim.

Taʼkidlash jozizki, Qozogʻiston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida jami 8 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.