Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, qoʻshni davlat bunga mamlakatda karantin cheklovlari joriy etilganini sabab qilib koʻrsatdi.

Mazkur qaror Qozogʻiston hududida koronavirus infeksiyasi paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha Idoralararo komissiya yigʻilishi bayonnomasi bilan tasdiqlandi.

Chipta sotib olgan yoʻlovchilardan pulni qaytarib olish uchun temir yoʻl kassalariga murojaat qilish soʻraldi. Chiptalarni keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib olish imkoniyati ham bor.