Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

    Hukumat 24 Iyul 2021 3234

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Qozogʻiston Prezidenti mamlakatimiz yetakchisini tavallud kuni bilan muborakbod etib, birodar Oʻzbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

    Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, eng avvalo, ularni yangi aniq loyihalar va amaliy dasturlar bilan boyitish muhim ekanini taʼkidladilar.

    Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan avgust oyining boshida Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.

    Markaziy va Janubiy Osiyo bogʻliqligini rivojlantirish boʻyicha Toshkent xalqaro konferensiyasining samarali natijalari yuksak baholandi, Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.