Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ladi.
Eslatib o‘tish joizki, o‘tgan yilning aprel oyi boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining shunday ikki tomonlama uchrashuvi Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan edi.