Suhbat chogʻida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlik “yoʻl xaritasi”ga kiritilgan ustuvor tarmoqlardagi iqtisodiy kooperatsiya loyihalarini yana-da ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.
Hududlar va biznes darajasida faol muloqotlarni davom ettirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Prezidentlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan MDH va SHHT doirasidagi muloqotni kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar.
Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.