Loyiha Qozogʻiston — Nemis universiteti huzuridagi Tabiiy resurslar institutining 25 tadan ziyod xalqaro va hududiy hamkorlari bilan birgalikda 2021-yil iyuligacha amalga oshiriladi.

Konkursdan koʻzlangan maqsad — Orol dengizi (Oʻzbekiston va Qozogʻiston) havzasidagi yer resurslarini tiklash uchun texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni aniqlash.

Konkurs 5 bosqichda oʻtkaziladi:

  • 1-bosqich — Orol dengizi hududida yerlarning tiklanishi bilan bogʻliq joriy vaziyatni baholash;
  • 2-bosqich — innovatsion gʻoyalar xalqaro konkursida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish;
  • 3-bosqich — tanlangan konkurs ishtirokchilarining vakolatlarini rivojlantirish (biznes-rejalashtirish asosi boʻyicha oʻqitish, ommaviy chiqishlar koʻnikmalarini rivojlantirish va hokazolar);
  • 4-bosqich — konkurs gʻoliblarini aniqlash va ularni Orol dengizi havzasidagi yer resurslarini tiklash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun grant bilan taqdirlash;
  • 5-bosqich — hududdagi loyihalarni yana-da tijoratlashtirish va tarqatish maqsadida konkurs gʻoliblarining vakolatlarini rivojlantirish (biznes koʻnikmalar, bilimlar almashinuvi, murabbiylik dasturi).

Konkurs davomida yigʻilgan barcha bilimlar va innovatsiyalar elektron kitob shaklida keng tarqatiladi, deb xabar beradi Qozogʻiston — Nemis universiteti saytida.