Oʻzbekiston va Rossiya Bosh vazirlari telefon orqali muloqot qildilar

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 20-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

    Shuningdek, oʻtkazilishi koʻzda tutilayotgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati koʻrib chiqildi.

    Eslatib oʻtamiz, ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligidagi hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning birinchi majlisi Xorazm viloyatida 2019-yil may oyida oʻtkazilgan edi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

    Matbuot xizmati