Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonovning “Izvestiya” nashriga bergan maʼlumotiga koʻra, mazkur masala boʻyicha muzokaralar davom etmoqda:

«Bu masala boʻyicha muzokaralar davom etmoqda va zaruriy ichki davlat tartib-taomillari oʻtkazilmoqda. Hozirda tomonlar ayrim jihatlar boʻyicha kelishuv ishlarini olib bormoqda. Shu bois buni amalga oshirishning aniq muddatlari haqida gapirishga hali erta», — dedi TIV rasmiysi «Izvestiya» nashriga.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil may oyida Oʻzbekiston Rossiya, Qozogʻiston va Ozarbayjon fuqarolarining mamlakatga 30 kungacha boʻlgan muddatga ichki pasport yoki ID-karta orqali kirishi mumkinligi, bolalar uchun esa “kinder pasport”dan foydalanish imkoniyati koʻrib chiqilayotgani xabar qilingandi.