Mudofaa vazirligining xabar berishicha, uchrashuvda mudofaa vazirlari Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida koʻplab sohalarda olib borilayotgan hamkorlik ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidlashdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari 2026-2030-yillarga moʻljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi.