Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari oʻrtasida metrologiya sohasidagi bitim tasdiqlandi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari oʻrtasida Oʻzbekistonga metrologiya sohasida texnik koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

    Bitim 2024-yil 27-may kuni Toshkent shahrida imzolangan.

    Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni taʼminlaydi.