Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining joriy yil 26-28-may kunlari O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.