Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoniga boʻlajak davlat tashrifiga birgalikda tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasidagi aniq loyihalarni nazarda tutgan holda oliy darajadagi tashrifning kun tartibini iqtisodiy jihatdan boyitishni batafsil koʻrib chiqdilar. Bundan tashqari, Oʻzbekistonga qoʻshimcha Saudiya Arabistoni investitsiyalarini jalb qilish masalalari muhokama etildi. Yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.

Oʻzaro munosabatlarni faollashtirishning mavjud imkoniyatlarining tahlili natijalariga koʻra, kutilayotgan oliy darajadagi tashrif mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishiga ishonch bildirildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.