Maqolada O'zbekiston va Saudiya Arabistoni adabiyoti virtual forumi Ilmiy-tadqiqotlar va ma'rifatni rivojlantirish markazi tomonidan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgani, shuningdek forumda Saudiya va O'zbekiston o'rtasidagi ilmiy-madaniy muloqot, roman, qissa va she'riyat kabi turli adabiy janrlar, badiiy tarjima sohasida amalga oshirilgan qo'shma loyihalar va ushbu yo'nalishlardagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilingani aytilgan.
Tadbir ishtirokchilari forum doirasida Saudiya va o'zbek adabiyoti, ikki davlat o'rtasidagi ilm-fan va madaniy aloqalar masalalariga oid ilmiy maqolalar, Saudiya adabiyotidan o'zbek tiliga tarjima qilingan qator kitoblar hamda arab tilida chop etilgan “Hozirgi o'zbek adabiyotida qissa san'ati” nomli risola taqdim etgani haqidagi ma'lumot gazetxonlar e'tiboriga havola qilingan.
Anjuman yakunida tomonlar O'zbekiston va Saudiya Arabistni o'rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.