Oʻzbekiston va Saudiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

    Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabat, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish yoʻllari koʻrib chiqilgan.

    Saudiya Arabistoni “Sabq” elektron nashri Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 79-sessiyasi Oliy darajali haftaligi doirasida Podshohlik tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon bin Abdulloh oʻzbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uchrashganini yoritdi.

    Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabat, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish yoʻllari koʻrib chiqilgan. Umumiy manfaatdor masalalar muvofiqlashtirilishini faollashtirish muhokama qilingan.