Unga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017-yildagi 92,6 million dollardan 2021-yilda 179,2 million dollargacha (1,9 baravarga) oʻsdi.

Oʻzbekistonning Singapurga eksporti umumiy hajmi shu davrda 1,5 baravarga oshib, 67,8 million dollardan 104 million dollarga, import umumiy hajmi ham qariyb 3 barobarga oshib, 2021-yilda 75,2 million dollarga yetdi.

Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikda foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud:

  • meva-sabzavot mahsulotlari
  • vino va uzum
  • yengil sanoat mahsulotlari
  • elektrotexnika mahsulotlari
  • mis va mis mahsulotlari

Singapurdan Oʻzbekistonga kreditlar va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar koʻrinishidagi investitsiyalar 94,3 million dollarni tashkil etdi (toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar — 34,5 million dollar), shundan:

➖ asosan kasbiy, ilmiy va texnik faoliyatga 58,2 million dollar;

➖ ishlab chiqarish sanoatiga 16 million dollar;

➖ ulgurji va chakana savdo, avtotransport va mototsikllarni taʼmirlash uchun 12 million dollar.

Mamlakatlar oʻrtasida quyidagi potensial sarmoyaviy hamkorlik yoʻnalishlari koʻrib chiqilishini taklif etadi:

  • elektrotexnika sohasi
  • energetika sohasi
  • IT-sohasi
  • bank sektori
  • kimyo sanoati