Tadbir davomida Slovakiya hududida qurilish, sanoat, avtomobilsozlik va boshqa sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va “SLOVMEDIA SK s.r.o.” kadrlar agentligi oʻrtasida imzolangan kelishuv asosida tashkillashtirilgan tartibda ishga ketayotgan yurtdoshlarimiz maʼlumotnomalarini qonuniylashtirish bosqichi, hujjatlarini koʻrib chiqish jarayoni va viza berish tartibi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida konsul Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishish istagini bildirdi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.