Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti va TDT iqtisodiyot va savdo vazirlarining 11-yig‘ilishini nazarda tutgan holda Kengash doirasidagi yirik tadbirlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi.
Tashkilot doirasida savdo, investitsiyaviy va moliya sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimni imzolash jarayonini tezlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
«Turkiy davlatlarning savdo hamkorligi ilmiy-tadqiqot markazi» va «Muhandislik va texnologiyalar markazi»ni tashkil etish tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilandi. TDT davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun ushbu tashabbuslarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.