Memorandumni imzolash toʻgʻrisidagi kelishuvga Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlarining doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ishonchni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi, Tojikiston poytaxti Dushanbeda boʻlib oʻtayotgan tojik-oʻzbek strategik hamkorligining yangi sahifasini ochish" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman doirasida erishildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Hakimov anjumanda soʻzlagan nutqida oʻtgan uch yil mobaynida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi savdo aylanmasi qariyb 2,5 barobar oʻsganini, joriy yilning oʻtgan 7 oyida esa koronavirus pandemiyasiga qaramay, u kamaymaganini, aksincha, deyarli 8 foizga oshganini qayd etdi. Tojikiston Respublikasi muhim va istiqbolli savdo-iqtisodiy hamkor boʻlib, Oʻzbekiston u bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdor deb taʼkidladi.
— Sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikning yana bir muhim tomoni boʻlib, bu salohiyatni toʻliq amalga oshirish kerak. Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshni davlatlar sifatida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega, — deb taʼkidladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari. — Korxonalar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kabi katta hajmdagi xomashyoni qayta ishlashga asoslangan qoʻshma korxonalar tashkil etish zamonaviy texnologiyalar, tor ixtisoslashuv va “masshtab effekti” asosida bozorda raqobatbardoshligini oshirish mumkin.
Xususan, Tojikistonda “Artel Avesto Electronics” qoʻshma korxonasining tashkil etilishi misolida sanoatning boshqa tarmoqlari — avtomobilsozlik, toʻqimachilik, farmatsevtika, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishda qoʻshma korxonalar va kooperatsiya aloqalarini yaratish zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Tojikiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari ekani alohida taʼkidlandi. Shu munosabat bilan meva-sabzavotlarni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlarni qayta ishlash boʻyicha hamkorlikdagi yangi ishlab chiqarish obyektlarini yaratish ham istiqbolda yaxshi natijalar koʻrsatishi mumkin.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari iqtisodiy munosabatlarning holati va istiqbollari haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorligining yangi bosqichidagi dastlabki natijalar xalqlarimiz farovonligini oshirishga yordam beradigan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning yangi shakl va yoʻnalishlarini izlab topish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikka boʻlgan qiziqish mavjudligini taʼkidladi.
Konferensiyaning birinchi kunida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari va Iqtisodiyot va demografiya instituti rahbarlari oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Memorandumni imzolashdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasida barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlar doirasida iqtisodiy islohotlarni tadqiqotlar va tahlillar bilan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida Iqtisodiyot va demografiya instituti va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari oʻrtasida kelgusida hamkorlik oʻrnatishdir.
Hamkorlik yoʻnalishlari qatoriga qoʻshma tadqiqotlar va tahlillar, seminarlar, simpoziumlar, amaliy mashgʻulotlar va boshqa ilmiy uchrashuvlarni tashkil etish, mutaxassislarning oʻzaro manfaatli shartlarda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik ishlari kiradi.
Tomonlar muntazam ravishda uchrashib turishga va zarur hollarda kelajakdagi hamkorlik mavzularini muhokama qilishga, joriy loyihalar boʻyicha fikr almashib turish, hamkorlikda ilmiy seminarlar, turli tadbirlarni tashkil etish hamda boshqa oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha kelgusida hamkorlik qilishni kelishib oldilar.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
jamoatchilik bilan aloqalar xizmati