Tojikiston va Oʻzbekiston savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hamkorligi boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishi 28-29-sentyabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Aziya-Plyus” Tojikiston hukumatiga tayangan holda xabar bermoqda.

Hukumatlararo komissiya hamraisi Oʻzbekiston Abdulla Aripov va uning tojikistonlik hamkasbi Qohir Rasulzodadir.

Tomonlar ikki davlat oʻrtasida mart oyining oʻrtalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli yopilgan chegaralarni ochish va parvozlarni tiklash boʻyicha kelishib oladilar.

Uchrashuvda tomonlar oʻzaro savdo-sotiqni rivojlantirish, istiqbolli investitsiya loyihalari, transport va kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni kengaytirish, hududlar oʻrtasidagi munosabatlarni muhokama qiladi.

Ushbu yigʻilishda Tojikistondan Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi, Oʻzbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi va ularning kelgusi yilgi narxlari toʻgʻrisida ham kelishib olinadi, deya taʼkidlab oʻtgan manba.

Oʻtgan yili Oʻzbekiston 1 milliard 425,1 million kVt/soat tojik elektr energiyasini har bir kilovatt uchun 2 AQSH senti narxida oldi. Tojikistondan Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksportining umumiy hajmi 28,5 million dollarni tashkil etdi.

2019-yilda Tojikiston Oʻzbekistondan 140 million kubometr tabiiy gazni 17,7 million dollarga sotib oldi.