Yigʻilishda savdo, investitsiya, energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, bojxona tartibi, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki davlat rahbarlarining izchil siyosati natijasida munosabatlar barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanayotganini taʼkidladi. 2025-yil yakunida oʻzaro tovar ayirboshlash qiymati 718,3 million dollarga yetgan.
Bu 2024-yilga nisbatan 22,5 foiz yuqori. Tomonlar oʻzaro savdo koʻrsatkichini 2 milliard dollarga yetkazishni aniq strategik maqsad sifatida belgilab olgan.