Bu haqda Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Mahkamov hamda Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim oʻrtasidagi Dushanbeda boʻlib oʻtgan uchrashuvda muhokama qilindi, deya xabar beradi Asia-Plus nashri.
Taʻkidlanishicha, yoʻlovchilar va yuklarni tashishni koʻpaytirish, temir yoʻl sohasidagi hamkorlik, shuningdek yangi avtotransport yoʻnalishlarini ochish masalalari koʻrib chiqildi. YAngi transport yoʻnalishlari qachon ochiladi, bu haqda maʻlum qilinmadi.
Tojikistonlik vazir soʻnggi oylarda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat avtotransportning har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhimligini koʻrsatganini taʻkidladi.
eslatib oʻtamiz, 18-sentyabr kuni Oʻzbekiston hukumatining iqtisodiy bloki xodimlari hamrohligida mamlakatimizning 172 yirik biznes vakillaridan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyurdi.