Keng koʻlamli strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqildi.
Qoʻshma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.
Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va taʼlim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning “Oʻzbekiston-Turkiya-Ozarbayjon” formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotini kengaytirishga kelishib olindi.