Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya respublikasi Hukumati milliy darajada COVID-19 virusiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni baholagan holda,tomonlar davlatlarining hududini COVID-19 virusining kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan koʻrilayotgan qatʼiy va keng koʻlamdagi chora-tadbirlar muhimligini taʼkidlab quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:

- Tomonlar davlatlarining qonunchililgiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni oʻzaro tan oladilar.

- Tomonlar emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikat egasiga, tomonlar davlatlarining hududiga COVID-19 virusi tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydilar.

- Milliy darajada yoki JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan toʻliq emlangan ikki mamlakatdan kelgan sayohatchilar, agar emlash tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, oʻz mamlakatlariga kirishda ushbu qoidalardan foydalanadilar.