Konstruktiv muloqot chogʻida tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish dinamikasi yuqori baholandi.

Turkiya tomoni Oʻzbekistonda islohotlarni ilgari surishda har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.

Erishilgan kelishuvlarni samarali roʻyobga chiqarish hamda oʻzaro hamkorlik shakllari va mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida yaqin hamkorlik qilishga kelishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.