Uchrashuvda har ikki tomon delegatsiyalari aeronavigatsiya xavfsizligi, havo yoʻnalishlarini optimallashtirish va havo harakatini boshqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bogʻliq masalalarni muhokama etdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida havo qatnovini yanada optimallashtirish va ikki davlat havo hududi sigʻimini oshirish imkonini beruvchi yangi havo yoʻnalishlarini ochish imkoniyatlari muhokama etilgan asosiy masalalardan biri boʻldi.
Mazkur uchrashuv strategik hamkorlikni mustahkamlash va havodagi harakatni boshqarish boʻyicha oʻzaro ilgʻor tajriba almashish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.