Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni batafsil koʻrib chiqdilar. Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va qardoshlik rishtalari, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan faol muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Koronavirusning global miqyosda tarqalishi oqibatlarini samarali yengib oʻtish maqsadida amaliy hamkorlik boʻyicha, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, tranzit, qishloq xoʻjaligi va boshqa muhim tarmoqlardagi loyihalarni ilgari surish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu maʼnoda ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan oʻtgan oyda oʻtkazilgan siyosiy maslahatlashuvlarning samarali natijalari ijobiy baholandi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida qabul qilingan qarorlar va erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildilar.
Tizimli va barqaror tus olayotgan ushbu muhim format doirasida sermahsul muloqot olib borilayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.
Koʻp tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida xavfsizlik, iqtisodiyot, innovatsiyalar, transport, fan, taʼlim va madaniyat sohalari koʻrsatib oʻtildi.
Davlat rahbarlari Qirgʻiz Respublikasidagi voqealar rivojiga alohida toʻxtaldilar. Ushbu mamlakatdagi vaziyat Qirgʻiziston Konstitutsiyasiga muvofiq holda tez fursatda barqarorlashishi zarurligi qayd etildi.
Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Suhbat har doimgidek samimiy, konstruktiv va doʻstona ruhda oʻtdi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Fidoyilik saodati
- Endi odamlar aldanib qolmaydi(mi)?!
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Germaniya Federal Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar
- Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilari qoʻshma bayonot qabul qilib, bir qator loyihalarni ishga tushirdilar
- Oʻzbekiston va Germaniya Prezidentlari koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishga intilishlarini tasdiqladilar
- Germaniya Federal Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi