Tomonlar delegatsiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Farhod Arziyev va Ukraina Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yevgeniy Yenin rahbarlik qildilar, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.