Muloqot chogʻida ikki davlat Diplomatik akademiyalari oʻrtasida sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Vengriyaning “Budapest Diplomatic Dialogue” dasturi doirasida Oʻzbekiston vakillarining malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi masalalari muhokama etildi.
Diplomatik akademiya prezidenti Vengriya–Oʻzbekiston hamkorligini yanada rivojlantirishga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Vengriya oliy oʻquv yurtlari ishtirokida Oʻzbekistonga bagʻishlangan qoʻshma madaniy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.