Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, mazkur hujjat ikki mamlakat oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish uchun mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Hamkorlik kelishuvini amalga oshirish maqsadida tomonlar Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida sayyohlar oqimi almashinuvi va tur kompaniyalar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish, shuningdek kadrlar tayyorlash, turizmning yangi yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻzaro turistik yoʻnalishlarni targʻib qilishga doir ishlarni kuchaytirishga kelishib olishdi.