Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
XMTning Vengriyadagi vakiliga Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati, uning asosiy vazifa va funksiyalari, shuningdek, mehnat migrantlari huquqlarini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilgan dasturlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mehnat migrantlariga huquqiy, axborot va maslahat yordami koʻrsatish, jumladan, hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish, huquqiy masalalarni hal etish va butun mehnat migratsiyasi jarayoni davomida migrantlar xavfsizligini taʼminlashdagi oʻrni muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Muhokama doirasida hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, migrantlar huquqlarini himoya qilish dasturlarini ishlab chiqish, mehnat migrantlarining malakasini oshirish, ularning xorijda xavfsiz va qonuniy bandligini taʼminlash masalalari xususida fikr almashildi.
XMTning Vengriyadagi vakolatxonasi rahbari bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirishdan, shuningdek, mazkur mamlakatga Oʻzbekistondan kelgan migrantlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Vengriyada ishlashni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun venger tilini oʻrganish boʻyicha kurslar tashkil etish taklifi ham ilgari surildi.
Tomonlar mehnat migrantlarining xavfsizligi va huquqlarini taʼminlash, ularning xorijdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishib oldilar, deb xabar beradi “Dunyo” AA.