Xalqaro forumda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati vakillari va 30 ga yaqin nufuzli oliy taʼlim muassasasi rektorlari ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, forum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus tahlim vaziri Abduqodir TOSHQULOV va Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligi Vengriya Diplomatik akademiyasi va “Stipendium Hungaricum” dasturi Davlat kotibi Orsoyo PATSAI-TOMASHICH (Dr. PACSAY-TOMASSICH Orsolya) oʻrtasida tor doirada uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda:
-ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma diplomlar berish imkoniyatiga ega boʻlgan qoʻshma taʼlim dasturlarini yaratish;
-venger mutaxassislarini Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida qisqa muddatli maʼruzalarga taklif qilish;
-Vengriya OTM bazasida oʻqituvchilarning malakasini oshirish, qoʻshma ilmiy nashrlar, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
-Vengriya universitetlari bilan kimyoviy texnologiyalar, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyalari, biotexnologiya, sugʻorish va suv resurslari, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika sohalarida hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish masalalari muhokama doirasida boʻldi.