Oʻzbekiston va Xitoy munosabatlarida turizm salohiyatining rivoji

    Turizm 25 Sentabr 2023 1304

    Xitoy Xalq Respublikasining Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari va Xitoy milliy madaniy merosi boshqarmasi raisi Janob Li Chun boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

    Mehmonlarni Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev va universitetning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori Juliboy Eltazarovlar kutib oldi. Uchrashuvda Turizm qoʻmitasi raisi U. Shadiyev ikki davlat oʻrtasida turizm salohiyatini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida va kelajakda kadrlar yetishtirish, hamda malaka oshirishda Xitoylik mutaxassislarni koʻproq jalb etish muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidladi.

    Delegatsiya mehmonlari “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdilar. Shu oʻrinda, janob Li Chun Xitoy Hukumati Oʻzbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini aytib oʻtdi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.