Hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Xitoy hukumatlararo qoʻmitasining transport sohasidagi hamkorlik boʻyicha quyi qoʻmitasi 7-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Videokonferens aloqa shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan Transport vaziri oʻrinbosari v.b. Davron Dehqonov Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan esa mamlakat transport vazirining oʻrinbosari Lyu Syaomin ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat transport sohasidagi mavjud muammolarni muhokama etishdi. Har ikki tomon ham Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy yoʻnalishi boʻylab ikki mamlakat oʻrtasida avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish muhimligini tasdiqlashdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar erishilgan kelishuvlarni monitoring qilib borish hamda transport sohasidagi ikki tomonlama muammolarni hal qilish uchun oʻz vaqtida choralar koʻrish yuzasidan doimiy ishchi guruhini tuzishga kelishib oldi. Shuningdek, yigʻilish davomida ikki mamlakat oʻrtasida avia qatnovlarning tezroq qayta tiklanishi muhim ekanligi aytib oʻtildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.