Tadbir davomida Oʻzbekiston va Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama etildi.
2024-yilda boʻlib oʻtadigan ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha barcha dolzarb masalalarni tezkor ishlab chiqish va muvofiqlashtirish boʻyicha harakatlar algoritmi kelishib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.