Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik aloqalari, shuningdek, parlamentlararo va hukumatlararo strategik muloqot tizimi yoʻlga qoʻyilganligi alohida taʼkidlandi.
Shu bilan birga uchrashuvda istiqbolda ham iqtisodiyot, investitsiya, taʼlim, madaniyat, turizm yoʻnalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, tomonlar hududlararo aloqalarning kengayib borayotganligini qayd etilib, ikki mamlakatning mahalliy vakillik organlari oʻrtasidagi munosabatlarni kuchaytirish sohasidagi ishlarga eʼtibor qaratdi.
Muhokama soʻnggida parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.