Oʻzbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi

    Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida strategik muloqotning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

    TIV maʼlumotiga koʻra, mazkur uchrashuv ikki tomonlama doʻstlik va har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.

    Kun tartibida siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik koʻlamini kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kuchaytirish kabi dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilindi.

    Muloqot jarayonida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali va konstruktiv aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarida oʻzaro fikr-mulohaza almashdi.