Biroq bugun tongda Yangi Zelandiya terma jamoasining 12 futbolchisida oʻyinoldi tekshiruvda koronavirus aniqlangani maʼlum boʻldi. Raqib jamoa vakillari bunday holatda oʻynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun yetarlicha futbolchilarga ega emasligini bildirdi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar bugungi oʻyinni qoldirishga qaror qilishdi, deya xabar berdi Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanalida.