Oʻzbekiston va Yaponiya hududlararo hamkorlikni rivojlantiradi

    Investitsiyalar 1 Dekabr 2022 627

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi rahbariyati viloyat delegatsiyasi tarkibida Yaponiyaning Tokio shahrida xizmat safarida boʻldi.

    Tashrif davomida Yaponiyaning “Mitsubishi”, “Dell” kabi 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalarining vakillari ishtirokida “Andijon viloyatining biznes salohiyati” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Unda Andijon viloyatining sarmoyaviy imkoniyatlari, resurs bazasi taqdim etilib, yapon ishbilarmon doiralari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.

    Safar doirasida vazirlik va idoralar, taʼlim muassasalari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazildi. Shimizu korporatsiyasi bilan “Yangi Andijon”da qurilish loyihalarini, “Ripro” korporatsiyasi bilan sunʼiy tola ishlab chiqarish boʻyicha 10 million dollarlik investitsiya loyihasini, “Kaori International Japan Co LTD” kompaniyasi rahbariyati bilan plastikdan elektr izolyatsiya mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qiymati 5 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.