Mazkur memorandum fan va taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, u yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning Yaponiyaga tashrifi doirasida Toyo universiteti prezidenti Esuko Yaguchi va xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Kazuo Takaxasi bilan muzokaralar olib borilgan edi.
Bundan tashqari, E. Yaguchi Yaponiya universiteti respublikamiz oliy o‘quv yurtlari bilan talabalar almashinuvi (bakalavr va magistratura)ni yo‘lga qo‘yish, Ipak yo‘lini birgalikda o‘rganish, shu jumladan, adabiyot almashish va masofaviy taʼlimni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini alohida taʼkidlagan.
Muloqot so‘ngida Toyo universiteti prezidenti E.Yaguchi shu yilning 14-15-sentyabr kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro madaniy forumiga, shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya rektorlarining navbatdagi forumiga taklif etilgan.