O‘zbekistonlik ikki nafar yosh polvon yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

    Gretsiyaning Afina shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionati boshlandi.

    Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, mazkur dunyo birinchiligida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi ham ishtirok etayapti.

    Quvonarlisi, yunon-rum kurashi boʻyicha kechgan dastlabki kun bahslaridayoq Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi.

    Xususan, -48 kg vaznda kurashgan Bunyod Hasanov va -80 kg vaznda gilamga chiqqan Abdulaziz Xolmirzayev barcha raqiblarini yengib jahon chempioni degan nomga erishdi.